» » O‘zbekiston—Qatar. Asosiy tarkiblar e’lon qilindi. O‘yinni Sport-TV jonli efirda namoyish etadi

O‘zbekiston—Qatar. Asosiy tarkiblar e’lon qilindi. O‘yinni Sport-TV jonli efirda namoyish etadi


Bugun, Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlarining futbol bo‘yicha guruh bosqichining ikkinchi tur uchrashuvlari davom ettirilishi haqida avvalroq xabar berilgandi.

Ilk turda Bangladeshni 3:0 hisobida taslim etgan, Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun, o‘tgan turda Tailand bilan durang qayd etgan Qatar terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Jamoalarning asosiy tarkibi e’lon qilindi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17:00 da boshlanishi belgilangan. O‘yinni Sport-TV namoyish etadi. Bu haqda kanal direktori Zohid Karimov ma’lum qildi. Kanal ma’muriyati Osiyo oyinlarining boshqa sport turlari qatorida futbol bahslarini ham translyatsiya qilish borasida kelishuvga erishgan.

Ma’lumot uchun biroz oldin yakunlangan guruhning ikkinchi o‘yinida Bangladesh hamda Tailand terma jamoalari 1:1 hisobidagi durang natijasi qayd etdi.

Osiyo o‘yinlari

Futbol. “B” guruhi

16-avgust, payshanba

Qatar: 21.Marvan Badreldin, 2.Tariq Salmon, 4.Omar Alemadi, 5.Tamim al-Muhaza, 6.Ahmad Hesaba, 9.Meshal al-Shamari, 11.Nosir al-Nasr, 12.Jasim Umar, 13.Meshal Faraj, 14.Ahmad al-Saadi, 15.Odil al-Ahmad

O‘zbekiston: 1.Botirali Ergashev, 5.Abbos Otaxonov, 20.Doston Tursunov, 2.Rustam Ashurmatov, 4.Akrom Komilov, 14.Ikrom Aliboyev, 7.Odil Hamrobekov, 17.Doston Hamdamov, 10.Javohir Sidiqov, 6.Jaloliddin Masharipov, 9.Zabihullo O‘rinboyev



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2018, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют