» » O‘zbekiston Qatar darvozasiga javobsiz 6 ta gol urib, muddatidan avval pley-offga chiqdi

O‘zbekiston Qatar darvozasiga javobsiz 6 ta gol urib, muddatidan avval pley-offga chiqdi


Hozirgina Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun, o‘tgan turda Tailand bilan durang qayd etgan Qatar terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, yirik hisobdagi g‘alabani tantana qildi.

Uchrashuvda hisobni 37-daqiqada Zabihillo O‘rinboyev ochgan bo‘lsa, 43-daqiqada Ikrom Aliboyev jarima zarbasidan chiroyli gol urib hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘lim avvalida Dostonbek Hamdamov hisobni yanada yiriklashtirdi. 49-daqiqaga kelib, Javohir Sidiqov ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

54-daqiqada Jaloliddin Masharipov o‘zi ishlagan penaltini golga aylantirdi. 74-daqiqada esa zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Bobur Abduholiqov gol urib, o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Shu tariqa O‘zbekiston termasi muddatidan avval pley-off yo‘llanmasini hal etdi. Ma’lumot uchun biroz oldin yakunlangan guruhning ikkinchi o‘yinida Bangladesh hamda Tailand terma jamoalari 1:1 hisobidagi durang natijasi qayd etdi.

Osiyo o‘yinlari

Futbol. “B” guruhi

16-avgust, payshanba

Gollar: Zabihillo O‘rinboyev 37, - 0:1. Ikrom Aliboyev 43, - 0:2. Dostonbek Hamdamov 47, - 0:3. Javohir Sidiqov 49, - 0:4. Jaloliddin Masharipov 54 penalti, - 0:5. Bobur Abduholiqov 74, - 0:6.

Qatar: 21.Marvan Badreldin, 2.Tariq Salmon, 4.Omar Alemadi (16.Xazem Shexata, 46), 5.Tamim al-Muhaza, 6.Ahmad Hesaba (8.Xatim Hassanin, 65), 9.Meshal al-Shamari, 11.Nosir al-Nasr, 12.Jasim Umar (17.Abdulrahmon Mustafo, 78), 13.Meshal Faraj, 14.Ahmad al-Saadi, 15.Odil al-Ahmad

O‘zbekiston: 1.Botirali Ergashev, 5.Abbos Otaxonov (16.Doniyor Narzullayev, 55), 20.Doston Tursunov, 2.Rustam Ashurmatov, 4.Akrom Komilov, 14.Ikrom Aliboyev, 7.Odil Hamrobekov, 17.Doston Hamdamov, 10.Javohir Sidiqov (8.Jasurbek Yaxshiboyev, 76), 6.Jaloliddin Masharipov, 9.Zabihillo O‘rinboyev (11.Bobur Abduholiqov, 60).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2018, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 68) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют