» » Tajik Air aviakompaniyasining navbatdagi samolyoti texnik xizmat uchun O‘zbekistonga uchib keldi

Tajik Air aviakompaniyasining navbatdagi samolyoti texnik xizmat uchun O‘zbekistonga uchib keldi


16-avgust kuni, Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportiga “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining Uzbekistan Airways Technics aviakorxonasida texnik xizmatdan o‘tish uchun kelgan Tajik Air aviakompaniyasining havo kemasi qo‘ndi. Bu haqda MAK matbuot xizmati xabar berdi.

Tojikiston aviakompaniyasiga tegishli Boeing 757-200 yo‘lovchi samolyotining Tojikiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi arafasida uchib kelishi ramziy ma’no kasb etadi, deyiladi xabarda.

Ushbu havo layneri Tajik Air aviakompaniyasining Uzbekistan Airways Technics aviakorxonasida texnik xizmat ko‘rsatilayotgan birinchi samolyoti emas. Uzbekistan Airways Technics va Tojikiston aviakompaniyasi o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik 2016-yilda yo‘lga qo‘yilgan. Joriy yilning yanvar oyida korxona mutaxassislari tomonidan tojik aviatashuvchisining Boeing 767 samolyotida C-check shaklidagi ta’mirlash ishlari bajarilgan.

Ta’kidlanishicha, “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining Uzbekistan Airways Technics aviakorxonasi g‘arbda ishlab chiqarilgan samolyotlarga barcha turdagi texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun zarur texnik baza va malakali kadrlarga ega. Aviakorxonaning salohiyati samolyotlarni bo‘yashdan tortib, kapital ta’mirlashgacha bo‘lgan texnik xizmatning murakkab turlarini nafaqat MAK aviaparki, balki xorijiy kompaniyalar samolyotlariga ham ko‘rsatish imkonini beradi.

Aviakorxonada har yili Qozog‘istonning SCAT, Tojikistonnig Tajik Air va boshqa xorijiy aviatashuvchilar havo kemalariga xizmat ko‘rsatiladi. Joriy yilning oxirigacha Tojikistonning yana bir samolyoti texnik xizmatdan o‘tish uchun keltirilishi kutilmoqda, shuningdek, uzoq muddatli hamkorlar — Turkman havo yo‘llari va bir qator Rossiya aviakompaniyalari bilan muzokaralar olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2018, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 68) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют