» » Shavkat Mirziyoyev “Prezident nima uchun kerak?” degan savolga javob berdi (video)

Shavkat Mirziyoyev “Prezident nima uchun kerak?” degan savolga javob berdi (video)


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-avgust kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumani faollari bilan uchrashuv o‘tkazgan edi. Uchrashuv davomida Davlat rahbari so‘nggi 27 yilda ilk bor odamlarga bepul uylar tarqatilishini ta’kidlab o‘tdi.

O‘tgan yili 4088 ta xonadon bo‘lsa, bu yilning o‘zida 28 000 xonadonli 668 ta ko‘p qavatli uylar qurilmoqda. Bu faqat Toshkentning o‘zida. Tarixda birinchi marta biz bepul uylar beramiz — invalidlarga, kam ta’minlangan oilalarga, muhtoj odamlarga. Biz 27 yilda bepul uy bermaganmiz.

Sadoqat bilan ishlagan, byudjetdan oylik oladigan odamlarning ham nevarasi bor, uning ham uy olish xohishi bor. Ana shularning hammasini inobatga olib, biz Toshkentda mana shunday katta marra oldik. Shayxontohur tumaniga ham yana qancha qo‘shimcha uy qursak ma’qul bo‘ladi? Shifokorgami, o‘qituvchigami, pensionergami, nuroniylargami e’tiborni kuchaytirish bo‘yicha, men o‘ylaymanki, sizlar taklif bersangiz, bugun bu takliflar albatta inobatga olinadi.

O‘zi yashashdan maqsad nima? O‘zi nima uchun prezident kerak, nima uchun davlat kerak, nima uchun tuman hokimi kerak — xalqimizga sharoit yaratish uchun kerak!

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev — Shayxontohurning achinarli dahalari haqida: Aholi tomlari chirib ketgan uylarda, hammayog‘ini chiqindi bosgan mahallalarda yashab kelayapti (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2018, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют