» » Urganch temir yo‘l vokzalida sayyohlar uchun ma’lumot markazlari tashkil qilindi

Urganch temir yo‘l vokzalida sayyohlar uchun ma’lumot markazlari tashkil qilindi


Urganch shahridagi temir yo‘l vokzalida vohaga tashrif buyuruvchi sayyohlarga o‘zlari uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarga ega bo‘lishlari uchun ma’lumot markazlari tashkil qilindi. Bu haqda Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-maydagi “2017—2021-yillarda Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekistonga tashrif  buyuruvchi sayyohlarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan amalga oshirildi.

Endilikda ma’lumot markazlari orqali mehmonlar aviachiptalar, temir yo‘l chiptalari narxlari va ularni band qilish, mehmonxonalar haqida to‘liq ma’lumot olish va band qilish, restoran, kafe, barlar va ularda tashkillashtirilgan xizmat turlari, Xiva va Urganch shaharlarining turistik xaritalari, taksi chaqirish xizmatlari, ijaraga mashina olish, gid xizmatlaridan foydalanish va viloyatda o‘tkaziladigan madaniy ko‘ngilochar tadbirlar haqida to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2018, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют