» » Qibray tumanida 85 ta mahalla o‘rganilib, xotin-qizlar va oilalardagi muammolar tahlil qilindi

Qibray tumanida 85 ta mahalla o‘rganilib, xotin-qizlar va oilalardagi muammolar tahlil qilindi


Joriy yilning 9—15-avgust kunlari O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan Qibray tumanidagi 85 ta mahalla o‘rganilib, xotin-qizlar va oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit masalalaridagi muammolar chuqur tahlil qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi “Daryo”ga ma’lum qildi.

O‘rganish davomida barcha oilalarga kirilib, muammo va kamchiliklar aniqlandi. Tumandagi 85 ta mahallada og‘ir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlar aniqlanib, ayniqsa nogironligi bo‘lgan fuqarolarga nogironlik aravachasi, eshitish apparati, hassa, qo‘ltiq tayoq olib beriladi, tibbiy yordam ko‘rsatiladi, ishlashga layoqati bo‘lgan nogiron fuqarolar ishga joylashtiriladi.

Ko‘riladigan choralar — 137 nafar og‘ir turmush sharoitida yashayotgan va nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni bosqichma-bosqich uy-joy bilan ta’minlash belgilab olindi. Unga ko‘ra, joriy yil yakuniga qadar birinchi navbatda uy-joyga muhtoj bo‘lgan 86 nafar, 2019-yilda esa 50 nafar ayol uy-joy bilan ta’minlanadi.

Tuman bo‘yicha 375 nafar ishlash istagi bo‘lgan xotin-qizlar mavjud bo‘lib, ularning 268 nafari uyma-uy yurish jarayonida aniqlandi. 150 nafar tadbirkorlik istagini bildirgan xotin-qizlar ishtirokida seminar o‘tkazildi. Ularga yaratilgan imkoniyatlar va imtiyozli kreditlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Seminar natijasida 110 nafar xotin-qizlar “Hunarmand” va “Tadbirkor ayol” uyushmalariga a’zo qilindi va ularga hozirda mehnat daftarchalari ochish chorasi ko‘rilmoqda.

“Ustoz-shogird” tizimi asosida 10 ta mahallada to‘rt nafar hunarmandga va besh nafar tadbirkor ayolga 90 nafar xotin-qizlar shogird sifatida biriktirildi.

Tuman bandlik markazi bilan birgalikda 107 nafar xotin-qizlar tumandagi bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashtiriladi. Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan 268 nafar ayollar bandligi ta’minlanadi. Jumladan, ularning 50 nafariga fond mablag‘laridan mikrokreditlar, 110 nafariga tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratiladi, 108 nafari kichik korxonalar tashkil etilish, hunarmandchilik, kasanachilikka jalb etish orqali bandligi ta’minlanadi.

Aniqlangan barcha muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi.

Ushbu muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Qibray tumanida ayollar ijtimoiy moslashuv maslahat markazi ochildi. Bu markaz og‘ir holatga tushib qolgan ayollarga yordam qo‘lini cho‘zish, ularni qiynayotgan muammolarga yechim topish, ularga psixolog, huquqshunos, tibbiyot xodimi va boshqa yigirmadan ziyod hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida yordam berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Mazkur markaz kunu tun, ya’ni yigirma to‘rt soat davomida faoliyat yuritib, og‘ir ijtimoiy holatga tushib qolgan ayollarga eng birinchi yordamni bera oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2018, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют