» » Samarqand aeroportida yil boshidan buyon 14 mln so‘mlik parfyumеriya mollari ushlab qolindi

Samarqand aeroportida yil boshidan buyon 14 mln so‘mlik parfyumеriya mollari ushlab qolindi


Samarqand xalqaro aeroportiga Vnukovo—Samarqand yo‘nalishidagi 809-sonli aviareys bilan uchib kelgan O‘zbekiston fuqarosi N.M. “yashil yo‘lak” orqali bojxona nazoratidan o‘tayotganida unga tegishli sumka ko‘zdan kechirilgan. Sumka ichidan 10 turdagi, bozor bahosi besh million so‘mdan ziyod ayol va erkaklar parfyumeriya mollari (atirlar) borligi ma’lum bo‘lgan. Bu haqida “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Samarqand viloyat bojxona boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, sud fuqaro N.M.ning qilmishini yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlari mavjud emas, deb hisoblab, unga nistaban jazo tayinlashda muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilmaganligi, oilaviy sharoitini inobatga olib tegishli qaror chiqargan.

Fuqaro N.M. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 227-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgangan deb topildi. Shuningdek, sud insonparvarlik prinsipiga tayanib, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 21-moddasiga asosan fuqaro N.M.ni ma’muriy javobgarlikdan ozod etdi.

Shu bilan birga 10 turdagi, bozor bahosi besh million so‘mdan ziyod ayol va erkaklar parfyumeriya mollari (atirlar) davlat foydasiga musodara qilindi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil boshidan buyon “Samarqand aeroporti” chegara bojxona postida O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishda me’yordan ortiqcha 14 million 104 ming so‘mlik, 1194 dona parfyumeriya mollari olib kelinishi oldi olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2018, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют