» » Endilikda qabul imtihonlarida 1 ball to‘plaganlar ham ikki barobar superkontrakt narxini to‘lab o‘qishga kirishi mumkin bo‘ldi

Endilikda qabul imtihonlarida 1 ball to‘plaganlar ham ikki barobar superkontrakt narxini to‘lab o‘qishga kirishi mumkin bo‘ldi


16-avgustda O‘zbekiston ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi majlisining 6-son bayoni qabul qilindi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.

Hujjatga ko‘ra:

– respublika oliy ta’lim muassasalariga davlat grantining minimal o‘tish bali 68,0 ball (eng yuqori o‘tish bali 189,0 ballning 36%), to‘lov-kontraktning minimal o‘tish bali 56,7 ball (eng yuqori o‘tish bali 189,0 ballning 30%) etib belgilandi.

Bunda oliy ta’lim muassasalariga nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish amaldagi qonunchilikka asosan amalga oshiriladi.

– to‘lov-kontraktning minimal o‘tish bali 56,7 ball ekanligini inobatga olib, Davlat test markazi 2 kun muddatda test sinovlari natijalari qaydnomalarini qaytadan ko‘rib chiqib, qabul kvotasi to‘lmagan ta’lim yo‘nalishlarining qabul chegarasini tushiradi hamda o‘rnatilgan tartibda qaydnomalarni chop etib, oliy ta’lim muassasalariga yetkazadi.

– oshirilgan to‘lov-kontrakt bo‘yicha:

56,7 balldan yuqori ball to‘plagan abituriyentlar uchun ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 13 avgustdagi 5-son bayonining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdori etib;

56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar uchun ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 13 avgustdagi 5-son bayonining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdorining 2 barobari etib belgilandi.

Bundan tashqari, test sinovlari natijasi bo‘yicha yetarli ball to‘plamagan va oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarga oshirilgan to‘lov-kontraktning miqdori (barobari) kam bo‘lgan ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati berildi. Bunda, abituriyent test topshirgan fanlar majmuasining (fan bloklarining o‘rni) mosligi hamda uning doimiy yashash joyi va hujjat topshirgan oliy ta’lim muassasasi joylashgan hudud mezon sifatida belgilandi.

Oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida abituriyentlarni o‘qishga qabul qilishda oliy ta’lim muassasalarining ilmiy-pedagogik hamda moddiy-texnik imkoniyatlari inobatga olinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2018, 23:56)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют