» » Xalqaro maqom san’ati anjumanida 300 ga yaqin xorijlik ishtirok etadi

Xalqaro maqom san’ati anjumanida 300 ga yaqin xorijlik ishtirok etadi


O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi hamda O‘zbekiston Madaniyat vazirligi tomonidan 2018-yil 16-avgust kuni “I Xalqaro maqom san’ati anjumani”ga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi xabar berdi.

Matbuot anjumanida Tashkiliy qo‘mita, Xalqaro maqom san’ati anjumanining saralash bosqichi Hakamlar hay’ati a’zolari, taniqli maqom ijrochilari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda jurnalistlar xalqaro tadbir bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.

Ma’lumki, mazkur xalqaro anjuman O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2018-yil 6-apreldagi “Xalqaro maqom san’ati anjumanini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan tashkil etilmoqda.

Bugungi kungacha, dunyonnig 70 dan ortiq davlatidan 300 ga yaqin ishtirokchi tadbirda qatnashish istagini bildirgan. Xususan, 29 ta davlatdan 162 nafar ijrochi o‘z san’atlarini namoyon etmoqchi bo‘lsa, 20 ta davlatdan ilmiy-amaliy konferensiyada qatnashish uchun murojaat kelib tushgan.

Bundan tashqari, 8 ta davlat vakillari Hakamlar hay’ati a’zoligiga kiritilgan bo‘lsa, 19 ta davlatda o‘tkaziladigan turli darajadagi festivallar direktorlari ham qatnashishni niyat qilgan. 17 ta davlat esa mehmon sifatida ishtirok etmoqchi. Xalqaro anjumanni yoritish maqsadida 30 ta davlatdan 40 ga yaqin ommaviy axborot vositalari vakillarining kelishi kutilmoqda.

Xalqaro anjumanni tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mitaning 2018-yilning 7-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “Dunyo” axborot agentligi hamda boshqa ommaviy axborot vositalari ishtirokida Xalqaro maqom san’ati anjumani Matbuot markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Unga ko‘ra, Matbuot markazi faoliyatiga rahbarlik qilish, uning ishini muvofiqlashtirish vazifasi O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligiga yuklatildi.

Matbuot markazi tomonidan anjumanni keng yoritish bo‘yicha media-reja ishlab chiqildi va amalga tatbiq etilmoqda. Bundan tashqari, Markaz faoliyatini tezkorlik bilan tashkil qilish, OAVni anjuman va mavzuga oid materiallar bilan ta’minlab borish maqsadida anjumanning rasmiy sayti, Telegram ijtimoiy tarmog‘ida jurnalistlar uchun alohida guruhi tashkil qilindi.

Shuningdek, Matbuot anjumanida yosh ijrochilar va san’at ustalari tomonidan milliy maqom san’ati namunalari ijro etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2018, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют