» » Davlat bojxona qo‘mitasi Qozog‘iston bilan chegarada yuk mashinalari tirbandligiga izoh berdi

Davlat bojxona qo‘mitasi Qozog‘iston bilan chegarada yuk mashinalari tirbandligiga izoh berdi


O‘zbekistonning “Yallama” chegara-bojxona postiga tutash joylashgan Qozog‘istonning “B.Konisbayev” chegara-bojxona postidagi yuk avtomashinalar tirbandligi yuzasidan Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati izoh berdi.

Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan bugungi kunda chegara bojxona postlari orqali fuqarolar va transport vositalarining harakatini nazorat qilish video-kuzatuv tizimi orqali onlayn tarzda olib borilmoqda.

Mazkur kuzatuvlar shuni ko‘rsatmoqdaki, chegara-bojxona postlari, xususan, “Yallama” chegara bojxona postida O‘zbekiston Respublikasidan qo‘shni davlatlarga kirish-chiqish uchun avtotransport vositalarining tirbandligi kuzatilmayapti.

Bundan tashqari, Qozog‘iston Respublikasida vujudga kelgan avtotransport vositalarining tirbandligi holatiga aniqlik kiritish maqsadida Davlat bojxona qo‘mitasining mas’ul xodimlari doimiy ravishda qo‘shni davlatning “B.Konisbayev” chegara-bojxona posti rahbariyati bilan ishchi tartibda muzokaralar o‘tkazmoqda.

Muzokaralarda yuzaga kelgan muammoli masalalar, jumladan, avtotransport vositalarining tirbandligini bartaraf etish uchun barcha kuchlar safarbar qilinishi bildirilgan. Qisqa muddatlarda buni amalga oshirish choralari ko‘rilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2018, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют