» » Pokistonda o‘tkazilgan aksilterror reydlari davomida 30 dan ortiq jangari yo‘q qilindi

Pokistonda o‘tkazilgan aksilterror reydlari davomida 30 dan ortiq jangari yo‘q qilindi


Pokistonning bir qator tumanlarida armiya va politsiya o‘tkazgan aksilterror reydlari davomida 30 dan ortiq jangari yo‘q qilindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Mamlakat ichki qo‘shinlari jangchilari Sind viloyatida 18 nafar terrorchini yo‘q qildi. Xayber-Paxtunxva viloyatida politsiya kuchlari tomonidan yana 11 nafar jangari o‘ldirildi. 4 nafar ekstremist Orakzay tumanidagi qabilalar hududida armiya blok-postiga hujum uyushtirishga urinish chog‘ida yo‘q qilindi.

Reydlar Sind viloyatining Sexvan-sharif shahridagi masjidda ro‘y bergan teraktdan so‘ng boshlandi. La’l Shahboz Qalandar so‘fiylar masjidida xudkush o‘zini portlatib yuborishi oqibatida kamida 74 kishi halok bo‘ldi, 300 dan ortiq kishi yaralandi.

Mazkur terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (17-02-2017, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют