» » O‘zA: O‘zbekistonda blokcheynni maktab dasturiga kiritish zarur

O‘zA: O‘zbekistonda blokcheynni maktab dasturiga kiritish zarur


O‘zA Milliy axborot agentligi maqolasida blokcheynni maktab dasturiga kiritish zarurligi aytiladi, deb yozadi Spot.

Ta’kidlanishicha, blokcheyn sohasini hozirdanoq maktab fanlariga kiritib borish lozim, universitetlarda o‘qitib, hayotga tatbiq qilish kerak. Shu bilan birga, xalqada kriptovalyuta birjalari bilan ishlash madaniyati shakllantirilishi lozim.

“Kriptovalyuta birjalarini taqiqlash, to‘siq qo‘yish yoki sun’iy yo‘llar bilan chegaralash blokcheyn sohasining rivojiga ta’sir qiladi. Bunday kamchiliklarning oldini olish uchun Davlat o‘zining kriptovalyuta fondini shakllantirib, xalq bilan birgalikda investitsiya qilish va uni boshqarishni yo‘lga qo‘yishi lozim. O‘zbekiston fuqarolari va yoshlari ham kriptovalyutalarga investitsiya qilish va ularni boshqarish bilimini, madaniyatini oshirib, global blokcheyn olamida o‘z o‘rnini egallashiga imkon mavjud”, — deyiladi maqolada.

Qayd etilishicha, blokcheyn va mayning yordamida yaxshigina pul ishlab olish mumkin, bunga misol sifatida steemit, golos.io, d.tube blokcheyn tarmoqlari keltirib o‘tilgan.

““Blokcheyn”, “Mayning”, “Ayrdrop”, “Baunti” va shu kabi yangi so‘zlar, tushunchalar endilikda hayotimizga juda tezlik bilan kirib keladi”, — deyiladi maqolada.

Shuningdek, O‘zbekiston birinchilardan bo‘lib Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Blokcheyn texnologiyasini qonuniylashtirayotgani eslatib o‘tiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2018, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют