» » “Yergeodezkadastr”ga O‘zbekistonga dronlarni olib kirish va foydalanishga ruxsat berildi

“Yergeodezkadastr”ga O‘zbekistonga dronlarni olib kirish va foydalanishga ruxsat berildi


Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasiga uchuvchisiz uchish qurilmalarini olib kirish va foydalanishga ruxsat berildi. Bu Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida o‘z aksini topgan, deya xabar beradi Spot.

Jumladan, qo‘mita qoshidagi “Geoinnavatsiya markazi” mazkur imkoniyatdan foydalanish huquqiga ega.

Shuningdek, xorijiy kinokompaniyalar ham O‘zbekiston haqidagi filmlarni suratga olish uchun oldindan ruxsat so‘rab, mamlakat hududiga vaqtincha dronlarni olib kirishi mumkin.

Qolganlar uchun avvalgi qoida, ya’ni O‘zbekistonga uchuvchisiz uchish qurilmalarini olib kirish va foydalanish uchun Vazirlar Mahkamasidan maxsus ruxsatnoma olish o‘z kuchida qoladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Geoinnavatsiya markazi” DUK va Xitoyning BShark Holdings kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekistonda zamonaviy uchuvchisiz texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolangani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2018, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют