» » Andijonda bojxonachilar tomonidan 25 mln 854 minglik tilla va zargarlik buyumlari ushlab qolindi

Andijonda bojxonachilar tomonidan 25 mln 854 minglik tilla va zargarlik buyumlari ushlab qolindi


Andijon viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari respublikadan chiqib ketayotgan qo‘shni davlat fuqarosi H.Yo.ni xolislar ishtirokida ko‘rikdan o‘tkazgan. Fuqaro ichki kiyimlari orasiga salkam 130 gramm og‘irlikdagi tilla taqinchoqlarni yashirincha, olib chiqmoqchi ekanligi ma’lum bo‘lgan. Bu haqda “Daryo”ga Andijon viloyat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi qimmatbaho metallar agentligi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining xulosasiga ko‘ra, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilinmagan mazkur taqinchoqlarning umumiy qiymati esa 25 million 854 ming so‘mni tashkil qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2018, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют