» » Bulung‘ur tumanidagi AYoQShda qotillik yuz berdi

Bulung‘ur tumanidagi AYoQShda qotillik yuz berdi


15-avgust kuni soat 07:30 larda Bulung‘ur tumanidagi 1-sonli AYoQSh operatori xonasiga kirish eshigi zinasi oldidan Bulung‘ur shahridagi avtomashinalarni yuvish shoxobchasida ishchi bo‘lib ishlagan 1994-yilda tug‘ilgan I.A.ning jasadi qotillik alomatlari bilan topilgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev viloyat IIB ma’lumotiga tayanib xabar berdi.

Olib borilgan tezkor ishlar natijasida Bulung‘ur tumani IIB huzuridagi TB, JQB va tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan aniqlanishicha, 15-avgust kuni soat 02:00 larda A.I.ning ish joyi bo‘lgan avtomashinalar yuvish shoxobchasiga 1995-yilda tug‘ilgan Q.O. kelib, marhum bilan o‘zaro janjallashib, pichoq bilan I.A.ning chap ko‘krak sohasiga, chap tomon to‘sh sohasiga, o‘ng va chap qo‘l bilak yuqori uchligiga, chap qo‘l bilak o‘rta uchligiga va chap qo‘l kaftiga sanchilib kesilgan jarohatlar yetkazgan. Olgan tan jarohatlari oqibatida I.A. vafot etgan.

Holat yuzasidan Q.O.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2018, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют