» » Germaniyada avtobusning ag‘darilib ketishi oqibatida 16 kishi jabrlandi

Germaniyada avtobusning ag‘darilib ketishi oqibatida 16 kishi jabrlandi


Germaniya shimolidagi Rostok shahri yaqinida 55 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi. Hodisa oqibatida 16 kishi jabrlandi. Bu haqda 17-avgust, juma kuni Spiegel Online ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Flixbus kompaniyasiga tegishli avtobus Shvetsiyadan Daniya va Rostok orqali Berlinga yo‘l olganligi ta’kidlanmoqda. U bugun tonggi 6:30 atrofida noma’lum sababga ko‘ra ag‘darilib ketgan. Avtobus salonida 55 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

Avariya oqibatida olti kishi jiddiy jarohatlar olgan, yana o‘n kishi yengil jarohatlangan. Avtobus haydovchisi jabrlangan-jabrlanmaganligi hozircha noma’lum.

Avariya joyida politsiya ishlamoqda. YTHdan so‘ng trassa bo‘ylab harakatlanish yopilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2018, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют