» » Xorazm viloyatida tashkil etilgan mehnat yarmarkasida 937 ta korxona qatnashdi

Xorazm viloyatida tashkil etilgan mehnat yarmarkasida 937 ta korxona qatnashdi


O‘zbekiston Prezidenti devoni, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti va viloyat hokimligi hamkorligida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Xorazm viloyat ma’naviyat va ma’rifat markazida tashkil etilgan mehnat yarmarkasi oliy ta’lim bitiruvchilari bilan gavjum bo‘ldi.  Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Mehnat yarmarkasida viloyatdagi 937 ta korxona va tashkilot o‘zlaridagi 4 655 ta bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi.

Mehnat yarmarkasida viloyat, shahar va tumanlar bandlikka ko‘maklashish markazlarining rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Gurlan tumani bandlikka ko‘maklashish markazi direktori Yorqinoy Aqmonova ushbu yarmarkada 52 ta tashkilot, 500 dan ziyod o‘rin bilan qatnashganligi va ko‘plab yoshlar ish bilan ta’minlanganligini qayd etdi. Yangibozar tumani bandlikka ko‘maklashish markazi direktori Gulbahor Safarboyeva esa bu yil ko‘plab iqtidorli yigit-qizlar ta’lim muassasalariga ishga kelayotganidan yanada xursand.

Mehnat yarmarkasida viloyatdagi tijorat banklarining mutaxassislari ishtirok etib, yoshlarning barcha savollariga javob berdi. Chunki yoshlar orasida tadbirkorlikni boshlashni niyat qilgan yoshlar ko‘pchilikni tashkil etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2018, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют