» » Pokistonda yangi bosh vazir saylandi

Pokistonda yangi bosh vazir saylandi


Pokiston Milliy assambleyasi (parlamentning quyi palatasi) deputatlari 17-avgust, juma kuni bo‘lib o‘tgan ovoz berish natijalariga ko‘ra “Tahriki Insof” partiyasi yetakchisi Imron Xonni mamlakatning yangi bosh vaziri etib sayladi. Bu haqda Geo TV telekanali xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.

Ma’lum qilinishicha, 65 yoshli Imron Xon nomzodini 176 nafar deputat qo‘llab-quvvatlagan. Uning asosiy raqibi —  “Pokiston musulmon ligasi” sobiq hukmron partiyasi rahbari Shebxaz Sharif 96 ta ovoz to‘plagan.

Pokiston hukumatining yangi rahbari 18-avgust, shanba kuniyoq qasamyod qabul qilishi va o‘z vakolatlarini bajarishga kirishishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2018, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют