» » Superligada kuchli oltilik ham, kuchsiz “oltilik” ham aniq: “Qo‘qon-1912” ligada jon saqlash uchun, “Metallurg” esa chempionlik uchun kurashadi

Superligada kuchli oltilik ham, kuchsiz “oltilik” ham aniq: “Qo‘qon-1912” ligada jon saqlash uchun, “Metallurg” esa chempionlik uchun kurashadi


Biroz avval xabar berilganidek, futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pepsi Superligasi birinchi bosqichining so‘nggi, 22-tur bahslariga start berildi. Kun taqvimidan o‘rin olgan 4 uchrashuv ham yakuniga yetdi.

Toshkentda “Bunyodkor” “So‘g‘diyona” bilan kurash olib borib, irodali durangga erishdi. “Qaldirg‘ochlar” 0:2 hisobida ortda borib, yakunda 2:2 hisobini qayd etdi.

Farg‘onada muxlislar “Vodiy derbisi”ning guvohi bo‘ldi. “Neftchi” “Qo‘qon-1912”ni o‘z maydonida qabul qilib, 70-daqiqada Doston Toshmatovning goli sabab g‘alabaga erishdi.

Yana bir uchrashuvda Olmaliqning AGMK jamoasi o‘z uyida Bekobodning “Metallurg” jamoasini qabul qilib, 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Turning markaziy o‘yinlaridan biri “Buxoro” hamda “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasida kechdi. Unda “temiryo‘lchilar” 66-daqiqada Sanjar Shoahmedovning goli sabab 3 ochkoli bo‘lishdi.

PFL reglamentiga ko‘ra, Superliga chempionligi uchun kurashadigan kuchli oltilikka kirgan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi. Shu tariqa ikkinchi bosqichda “Navbahor”, “Lokomotiv”, “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Metallurg” hamda “Buxoro” jamoalari qatnashadigan bo‘ldi. “Navbahor” jamoasi ikkinchi bosqichni peshqadam sifatida boshlaydi.

Chempionlik uchun kurashadigan jamoalar:

Superligada qolish uchun esa “Qizilqum”, AGMK, “Nasaf”, “Qo‘qon-1912”, “So‘g‘diyona”, “Neftchi” jamoalari o‘zaro kurash olib boradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2018, 02:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют