» » Shahram G‘iyosov 31 ta jangda g‘olib bo‘lgan ganalik bokschini 3-raunddayoq nokautga uchratdi (video)

Shahram G‘iyosov 31 ta jangda g‘olib bo‘lgan ganalik bokschini 3-raunddayoq nokautga uchratdi (video)


Boks bo‘yicha Rio Olimpiadasi sovrindori, jahon chempioni Shahram G‘iyosov prof ringdagi 4-jangini 17-avgust sanasida (Toshkent vaqti bilan 18-avgust) o‘tkazishi haqida xabar berilgan edi.

AQShda bo‘lib o‘tgan jangda G‘iyosovga ganalik Albert Mensa raqiblik qildi. Shahram raqibini 3-raundda nokautga uchratib, jangni muddatidan avval yakunladi.

Shu tariqa o‘zbekistonlik bokschi professional jangdagi 4-jangida ham g‘alaba qozondi.

Ma’lumot uchun, shu vaqtga qadar afrikalik bokschi esa 38 ta jang o‘tkazib, ularning 31 tasida g‘olib bo‘lgan (15 tasida raqiblarini nokautga uchratgan). Oltita jangda mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, bitta bahsda durang qayd etgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2018, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют