» » Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish haqidagi farmonni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish haqidagi farmonni imzoladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish bo‘yicha huquqiy eksperiment to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan e’lon qilindi.

Farmonda Toshkent shahrida iqtisodiyot tarmoqlarini jadal rivojlantirish va modernizatsiya qilish, investitsiyalarni jalb etish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholining eng muhim muammolarini tezkor hal qilishga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammo va kamchiliklar ko‘rsatib o‘tilgan.

Xususan:

Mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilishda kompleks yondashuv hamda hokimlar va ular o‘rinbosarlarining davlat boshqaruvi organlari hududiy bo‘linmalari bilan yaqin o‘zaro hamkorligi yo‘lga qo‘yilmagan;

Mahalliy davlat hokimiyati organlariga o‘ziga xos bo‘lmagan bir qator vazifa va funksiyalar yuklatilgan bo‘lib, ularni amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy va moliyaviy mexanizmlari mavjud emas, oqibatda hokimliklar huzurida ma’muriy va boshqaruv funksiyalariga ega bo‘lgan alohida kvazidavlat korxona va tashkilotlar tuzilmoqda;

Davlat hokimiyati vakolatlariga ega bo‘lgan ko‘p sonli idoralararo hududiy kollegial organlar (komissiyalar, kengashlar)ning mavjudligi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining vazifa va funksiyalari almashishiga, qabul qilinayotgan qarorlar va aniq natijalarga erishish uchun mas’uliyatning yo‘qolib borishiga olib kelmoqda;

Toshkent shahrining tasdiqlangan bosh rejasi mavjud emasligi tartibsiz qurilishlarga olib kelmoqda, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini yanada kengaytirishga imkon bermayapti, shuningdek, ijtimoiy obyektlarni kompleks joylashtirish va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirishni hisobga olgan holda poytaxtni faol ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga to‘sqinlik qilmoqda;

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishning amaldagi tartibi ularga yuklatilgan vazifalar, funksiyalar va mas’uliyat hajmiga mos kelmaydi, bu esa ularning ish samaradorligiga ta’sir qilmoqda;

Deputatlik va jamoatchilik nazorati mexanizmlari lozim darajada ishga solinmagan, xalq deputatlari Kengashlari faoliyatini tashkil etishning amaldagi tartibi mahalliy ijro etuvchi organlar faoliyati ustidan nazoratni to‘liq ta’minlamaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2018, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют