» » Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Samarqandga tashrif buyurdi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Samarqandga tashrif buyurdi


Davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 18-avgust kuni Samarqand shahriga keldi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni hukumat vakillari kutib oldi.

Tashrif davomida Islom Karimov va Amir Temur maqbaralarini ziyorat qilish, Ulug‘bek rasadxonasi, Afrosiyob muzeyi, Registon majmuasi va boshqa tarixiy yodgorliklarni tomosha qilish rejalashtirilgan.

Avvalroq ushbu tashrif tufayli Samarqand shahridagi ayrim ko‘chalarda yo‘l harakati cheklanishi mumkinligi ma’lum qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2018, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют