» » Emomali Rahmon Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi

Emomali Rahmon Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Samarqand shahridagi Islom Karimov maqbara majmuasiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Birinchi Prezidenti qabriga gul qo‘yilib, Qur’on tilovat qilindi.

Mazkur majmuaga har kuni yuzlab o‘zbekistonliklar va xorijlik mehmonlar ziyoratga keladi. Ular orasida tojikistonliklar ham bor.

“Tojikiston prezidentining Birinchi Prezidentimiz xotirasiga hurmat bajo keltirishi xalqimizga ehtirom, mehr-oqibat ifodasi bo‘ldi”, — deb yozadi Prezident matbuot xizmati. Emomali Rahmon Islom Karimovning dafn marosimida ham qatnashgan edi.

Mehmonga majmuada amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari haqida so‘zlab berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2018, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют