» » O‘zbekistonda sirtqi ta’lim bo‘yicha imtihonlarning birinchi kuni 50 ming abituriyent test sinovlarida qatnashdi

O‘zbekistonda sirtqi ta’lim bo‘yicha imtihonlarning birinchi kuni 50 ming abituriyent test sinovlarida qatnashdi


Respublika oliy ta’lim muassasalarining sirtqi ta’lim shakliga kirish test sinovlarining birinchi kuni ikki smenada o‘tkazildi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 17-avgust kungi imtihonlarda 28 ta oliy ta’lim muassasasining 55 ta ta’lim yo‘nalishida 49 ming 984 nafar abituriyent ishtirok etgan. 2263 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmagan.

Test sinovlari tartib-qoidalarini buzganligi sababli 145 nafar abituriyent, shundan 71 nafari hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirish va o‘zganing o‘rniga kirish, 74 nafari bino ichida shpargalkadan foydalanish va boshqa abituriyentlarga yordam berishga uringanligi uchun imtihonlardan chetlashtirildi.

Natijalarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkentdan Davlat test markaziga qaytarish soat 18:30 dan boshlandi. So‘nggi materiallar Buxoro viloyatidan kechasi soat 24:00 da yetib keldi.

17-avgust kuni o‘tkazilgan test natijalari 18-avgust kunning ikkinchi yarmida Davlat test markazi saytida e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun, Respublikada oliy ta’lim muassasalarining sirtqi ta’lim shakliga test sinovlari 17—20-avgust kunlari o‘tishi belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2018, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют