» » Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Afrosiyob muzeyida bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Afrosiyob muzeyida bo‘ldi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Samarqanddagi Afrosiyob muzeyida bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Afrosiyob – Samarqand shahar tarixi muzeyi 1970-yilda tashkil etilgan. Muzey qadimiy Afrosiyob shaharchasida – Samarqandning qadimiy, mo‘g‘ullar istilosigacha bo‘lgan qismida joylashgani uchun ham shunday nomlangan.

Bu yerda asosan, Afrosiyob tepaliklarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar davomida topilgan noyob tarixiy ashyolar saqlanadi. Ular Samarqandning qariyb uch ming yillik tarixidan hikoya qiladi, deb yozadi O‘zA.

Ikki davlat rahbarlari muzey eksponatlari bilan tanishdi. Oliy martabali mehmonga tarixiy davrlarga monand yaratilgan muzey zallari va eksponatlarning tarixi haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Muzeyda namoyish etilayotgan qadimiy ashyolar Samarqandning yuqori darajadagi madaniy, siyosiy, diniy va ishlab chiqarishdagi hayotini yaqqol yoritadi. Muzeyda Samarqandning moddiy madaniyatini yorituvchi sopol, shisha, tosh, metall va naqshlardan iborat boy to‘plamlar saqlanadi. Bular qariyb 20 mingdan ortiq osori-atiqalarni tashkil qiladi. Bu eksponatlarning asosiy qismi muzeyning 11 zalidan iborat ekspozitsiyalarida namoyish etilmoqda.

Emomali Rahmon mazkur muzey Samarqandning tarixi va o‘tmishi haqida yorqin tasavvur uyg‘otuvchi maskan ekanini ta’kidladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2018, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют