» » Toshkent shahri va tumanlarida hokimlar devonlari tashkil etiladi

Toshkent shahri va tumanlarida hokimlar devonlari tashkil etiladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish bo‘yicha huquqiy eksperiment to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan e’lon qilindi.

Farmonga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Toshkent shahar hokimligining 2018-yil 1-sentabrdan Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkazish haqidagi quyidagilarni nazarda tutuvchi taklifi qabul qilindi:

Quyidagilar tegishlicha Toshkent shahar va tumanlar hokimlari bo‘ysunuviga hamda Toshkent shahar va tumanlar hokimlari devonlari tuzilmasiga o‘tkaziladi:

Toshkent shahar va tumanlar hokimlari Toshkent shahri va tumanlardagi hududiy davlat boshqaruvi organlari faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, ularga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishini tashkil etadi.

Toshkent shahridagi hududiy davlat boshqaruvi organlari Toshkent shahar hokimiga bo‘ysunadi va o‘z faoliyati to‘g‘risida tegishli respublika davlat boshqaruvi organiga hisobot beradi.

Toshkent shahri tumanlaridagi hududiy davlat boshqaruvi organlari tuman hokimiga bo‘ysunadi va o‘z faoliyati to‘g‘risida Toshkent shahridagi tegishli hududiy davlat boshqaruvi organiga hisobot beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2018, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 64) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют