» » BMTning sobiq bosh kotibi Kofi Annan vafot etdi

BMTning sobiq bosh kotibi Kofi Annan vafot etdi


BMTning sobiq bosh kotibi Kofi Annan 80 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Oilasining ma’lum qilishicha, Annan qisqa davom etgan xastalikdan so‘ng olamdan o‘tgan.

Kofi Annan keyinchalik mustaqil Gana davlatiga aylangan Britaniyaning Oltin Qirg‘oq koloniyasida 1938-yilda tavallud topgan. U 1960-yilllarning boshidan beri BMT strukturasida ishlab kelardi. 1997-yilda BMT bosh kotibi etib saylangan va bu lavozimni egallagan ilk qora tanliga aylangan.

2001-yilda Kofi Annan tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi bo‘lgan va ikkinchi muddatga saylangan. 2006-yil oxirida o‘z lavozimini tark etgan.

Kofi Annan BMT bosh kotibi sifatida 2002-yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2018, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют