» » Toshkent viloyatida Xitoydan “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” yorlig‘i ostidagi hisoblagichlarni olib kirishga chek qo‘yildi

Toshkent viloyatida Xitoydan “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” yorlig‘i ostidagi hisoblagichlarni olib kirishga chek qo‘yildi


Davlat bojxona qo‘mitasining Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan respublikaga yirik miqdordagi tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmatiga tayanib, “Xalq so‘zi” xabar berdi.

“Yallama” chegara bojxona postida qo‘shni davlat fuqarosi A.T. boshqaruvida kirib kelgan yuk avtomashinasi inspeksion ko‘rik majmuasi orqali ko‘zdan kechirilganida, avtomashinaga ortilgan yuklar bilan yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar o‘rtasida tafovutlar mavjudligi aniqlandi.

Xolislar ishtirokida avtomashinadagi yuklar bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida esa shubhalar o‘z tasdig‘ini topdi. Hujjatlarga ko‘ra yuk mashinasiga Xitoydan keltirilgan 3 ming 700 AQSh dollari qiymatidagi 25 tonnadan ortiq tovar-moddiy boyliklar ortilgan bo‘lishi lozim edi.

Ammo, ko‘rik davomida avtomashinada hujjatlarda umuman qayd etilmagan 4800 dona parda bezaklari va 1200 dona elektr hisoblagichlar mavjudligi aniqlandi.

Baholash bo‘yicha ekspertlarning xulosasiga ko‘ra, yuqoridagi holatda olib qo‘yilgan tovar-moddiy boyliklarning umumiy qiymati 537 million 600 ming so‘mni tashkil qildi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2018, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют