» » Buxoroda 2 ming dollarga AQSh vizasini olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Buxoroda 2 ming dollarga AQSh vizasini olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi


Buxoro shahrida AQSh vizasini olib beraman deb, va’dasini bajarmay, olgan pulini ishlatib yuborgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 2017-yil may oyida Buxoro shahrida yashovchi, muqaddam sudlangan B.N. Gazli shoh ko‘chasida joylashgan savdo majmuasida asli g‘ijduvonlik U.I.ga AQShga borish uchun viza hujjatlari tayyorlab berishini va’da qilib, 2000 AQSh dollarini olgan.

Biroq bergan va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan. G‘ijduvon tumanida istiqomat qiluvchi jabrlanuvchi esa bu haqda oradan bir yildan ko‘proq vaqt o‘tib, 2018-yil 25-iyul kuni militsiyaga xabar qilgan.

“Mazkur holat yuzasidan B.N. qo‘lga olindi”, — deyiladi IIV axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2018, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 16) ( 0) ( 15) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют