» » Anjelina Joli va Krishtianu Ronaldu suriyalik qochoqlar haqidagi turk serialida suratga tushishi mumkin

Anjelina Joli va Krishtianu Ronaldu suriyalik qochoqlar haqidagi turk serialida suratga tushishi mumkin


Amerikalik aktrisa Anjelina Joli va “Real Madrid” futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Suriya qochoqlari haqidagi “Hayot ko‘prigi” nomli serialda suratga tushishni xohlayapti. Bu haqda, Daily Sabah nashriga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Xabarda qayd etilishicha, serial treyleri Turkiya janubidagi Gaziantep viloyatida suratga olingan. Loyiha 3 mavsumdan iborat bo‘lishi rejalashtirilgan.

Rejissor Eyup Dirlikning aytishicha, serial “Yo o‘sha yerda qolib, halok bo‘lasiz yoki bu yerga kelib, yashaysiz” shiori ostida ishga tushirilgan.

Sahnalashtiruvchi rejissor taniqli yulduzlar serialni qo‘llab-quvvatlash uchun Gaziantepga kelishini ma’lum qildi. Eyup Dirlik loyihada ishtirok etmoqchi bo‘lganlar orasida Gollivud aktrisasi Anjelina Joli va portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu ham borligini ta’kidladi.

O‘z navbatida, aktrisa Perixan Savash serialni tasvirga olish ishlari mart oyida boshlanishini bildirdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-02-2017, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют