» » O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘zaro aviaqatnovlar sonini oshiradi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘zaro aviaqatnovlar sonini oshiradi


Toshkentda 17 avgust kuni O‘zbekiston va Qirg‘iziston aviatsiya rasmiylari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi hamda Qirg‘izistonning Air Manas va Avia Traffic Company shirkatlari vakillari ham qatnashgan.

“Gazeta.uz”ning “O‘zbekiston havo yo‘llari” matbuot xizmatiga tayanib xabar berishicha, tomonlar “Toshkent—Bishkek—Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab parvozlar sonini haftasiga to‘rttagacha ko‘paytirishga, shuningdek, Qirg‘iziston tomonidan haftasiga bir marta “O‘sh—Toshkent—O‘sh” yo‘nalishi bo‘ylab parvozlarni yo‘lga qo‘yishga kelishib olgan.

Bundan tashqari, yo‘lovchi oqimi mavjud bo‘lgan hollarda “Toshkent—Tomchi (Issiqko‘l)—Toshkent”, “Bishkek—Samarqand—Bishkek” va “O‘sh—Samarqand—O‘sh” yo‘nalishlari bo‘yicha charter reyslarini amalga oshirishga ham kelishib olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2018, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 100) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют