» » Osiyo o‘yinlari—2018. Jakarta Osiyo olimpiya kengashining Bosh Assambleyasiga mezbonlik qildi (foto)

Osiyo o‘yinlari—2018. Jakarta Osiyo olimpiya kengashining Bosh Assambleyasiga mezbonlik qildi (foto)


Bugun, 19-avgust sanasida Indoneziyaning Jakarta shahrida Osiyo olimpiya kengashining 37-Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Osiyo o‘yinlari—2018 ga tashrif buyurgan delegatsiyalar rahbarlari, shuningdek, turli sport turlari bo‘yicha federatsiyalari rahbarlari ishtirok etdi.

Assambleyani Osiyo olimpiya kengashi prezidenti shayx Ahmad al-Fahad al-Ahmad al-Saboh o‘z ma’ruzasi bilan ochib berdi. Tadbirda O‘zbekiston nomidan Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Jasur Matchanov ishtirok etdi.

Bundan tashqari assambleyada bir necha o‘zbekistonlik mashhur sport amaldorlari, jumladan, Osiyo olimpiya kengashi vitse-prezidenti, Xalqaro havaskor boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti vazifasini bajaruvchi G‘ofur Rahimov va Osiyo sambo ittifoqi prezidenti Alamjon Mullayev ham qatnashdi.

Assambleyaning ikkinchi qismida O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov ham qatnashib, shayx Ahmad al-Fahad al-Ahmad al-Saboh bilan uchrashdi.

Ta’kidlash joiz, tadbirda sportning yangi turi — tekbol taqdimoti ham o‘tkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2018, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 64) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют