» » Jakartada MOQ rahbari Umid Ahmadjonov AIBA rahbari G‘ofur Rahimov bilan uchrashdi (foto)

Jakartada MOQ rahbari Umid Ahmadjonov AIBA rahbari G‘ofur Rahimov bilan uchrashdi (foto)


Biroz avval bugun, 19-avgust sanasida Indoneziyaning Jakarta shahrida Osiyo olimpiya kengashining 37-Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgan edi.

Assambleyaning ikkinchi qismida O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov ham qatnashib, Osiyo olimpiya kengashi prezidenti shayx Ahmad al-Fahad al-Ahmad al-Saboh, Osiyo olimpiya kengashi vitse-prezidenti, Xalqaro havaskor boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti vazifasini bajaruvchi G‘ofur Rahimov va Osiyo sambo ittifoqi prezidenti Alamjon Mullayev bilan uchrashdi.

Eslatib o‘tamiz, G‘ofur Rahimov joriy yilning 27-iyul sanasida O‘zbekistonga tashrif buyurib, Milliy olimpiya qo‘mitasida Umid Ahmadjonov bilan uchrashuv o‘tkazib, mamlakatda boksni rivojlantirish bo‘yicha har qanday yordamga tayyor ekanligini ma’lum qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2018, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют