» » “Islomxo‘ja” filmi hammamiz uchun o‘sish bo‘ldi”. Asal Shodiyeva “Islomxo‘ja” tarixiy filmi haqida (video)

“Islomxo‘ja” filmi hammamiz uchun o‘sish bo‘ldi”. Asal Shodiyeva “Islomxo‘ja” tarixiy filmi haqida (video)


Aktrisa Asal Shodiyeva “Islomxo‘ja” filmining yopiq premyerasi arafasida “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi.

Aktrisa “Islomxo‘ja”dagi roli, filmga qanday tayyorgarlik ko‘rgani haqida gapirib berdi.

Malika bo‘lishni hamma orzu qiladi, ammo, bu oson ish emas ekan. Malikalarning hayoti, yurish-turishi, hattoki kulishi ham o‘ylab bajariladi. Chunki ularga ko‘p narsa mumkin emas. ‘Islomxo‘ja’ filmida malika Aziza poshsho bika rolini gavdalantirishga harakat qildim. Kastumlarim juda ham og‘ir edi, ‘u davrning odamlari shunaqa og‘ir kiyimlarni kiyib yurishgan ekan’, deya tasavvur qildim.

Qahramonim, butun umr xon bilan qiynalib yashaganlar. Chunki u sevmasdan turmush qurgan bo‘ladi. Shuning uchun ikki inson o‘rtasidagi sukunat juda ham ko‘p vaqt davomida ushlab turilgan. Hattoki dard kelganida malika hech narsa deya olmaydi, sababi u insonga gapiradigan gapi allaqachon tugagan bo‘ladi. Filmdagi obrazim film davomida birorta so‘z aytmaydi.

Avvallari birorta ssenariy qo‘limga tushgandan so‘ng qaysidir  filmlardan shunaqa obrazlarni qidirardim, ko‘rardim. Keyinchalik ekranda filmni tomosha qilganimdan so‘ng, ‘o‘zim xohlagan narsa chiqmagan ekan’, degan fikrga kelganman. Shu bois, inson o‘zining ichidagi, xayolidagi obrazni chiqarishga, gavdalantirishga harakat qilishi kerak ekan.

‘Islomxo‘ja’ filmi hammamiz uchun o‘sish bo‘ldi. Chunki tarixiy janrdagi filmlar kam suratga olinadi. Biz uchun bu yangilik. Filmda ishtirok etganimiz bizlarga katta dars, katta yutuq va qadam deb o‘ylayman.

Asal Shodiyeva, aktrisa



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2018, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют