» » Osiyo o‘yinlari—2018. O‘zbekistonda ilk medal! Erkin kurashchi Sirojiddin Hasanov bronza medal sohibiga aylandi

Osiyo o‘yinlari—2018. O‘zbekistonda ilk medal! Erkin kurashchi Sirojiddin Hasanov bronza medal sohibiga aylandi


Erkin kurash bo‘yicha 65 kg vazn toifasida bo‘lib o‘tgan musobaqada o‘zbekistonlik Sirojiddin Hasanov bronza medaliga ega chiqdi. Bronza medali uchun bahsda Hasanov mo‘g‘ulistonlik Batchuluun Batmagnaiga qarshi kurashdi.

Bahsda 10:6 hisobida raqibidan ustun kelgan Sirojiddin Hasanov O‘zbekiston hisobiga Osiyo o‘yinlaridagi dastlabki medalni keltirdi.

Ma’lumot uchun, Hasanov 1/8 finalda hindistonlik Bajrang Bajrang bilan kuch sinashib 3:13 hisobida yutqazib qo‘ydi. Uning raqibi finalga chiqqani bois Sirojiddinda bronza medali uchun kurashish imkoniyati paydo bo‘ldi.

O‘tish bahsida tojikistonlik Abdulqosim Fayziyevni 10:0 hisobida mag‘lub etgan Sirojiddin bronza medali uchun bahsda qatnashish huquqini qo‘lga kiritgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2018, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют