» » Italiya shimolidagi ko‘prikning qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 43 nafarga yetdi

Italiya shimolidagi ko‘prikning qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 43 nafarga yetdi


Italiyaning Genuya shahrida ko‘prik qulagan joydan yana to‘rt kishining jasadi topildi. Bunga qadar vayronalar ostidan uch kishidan iborat oila bo‘lgan avtomobil va erkak kishining jasadi topilgan edi, deb yozadi TJournal.

Shu tariqa, halok bo‘lganlarning umumiy soni 43 nafarga yetdi.

18-avgust kuni Italiyada umummilliy motam kuni deb e’lon qilindi: Morandi ko‘prigida halok bo‘lganlarni dafn etish marosimlari bo‘lib o‘tdi. Marosimga mamlakat prezidenti Serjo Mattarella ham keldi.

Bir necha jabrlanuvchi shifoxonada qolmoqda, besh kishi badarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Ko‘prik egasi Autostrade per I’Italiya’ga nisbatan surishtiruv boshlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2018, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют