» » Markaziy bank O‘zbekiston iqtisodiyotdagi “dollarlashuv” darajasini kamaytirishga qaratilgan o‘zgartirishlar qabul qildi

Markaziy bank O‘zbekiston iqtisodiyotdagi “dollarlashuv” darajasini kamaytirishga qaratilgan o‘zgartirishlar qabul qildi


Markaziy bank boshqaruvi tomonidan majburiy rezervlar tartibi va me’yorlariga joriy yilning 1-oktabridan amal qilinishi ko‘zda tutilgan o‘zgartirishlar kiritildi.

Xususan:

Majburiy rezervlarni, tijorat banklar tomonidan jalb qilingan majburiyatlarning valyutasidan qat’iy nazar, faqat milliy valyutada shakllantirish bo‘yicha tartib o‘rnatilmoqda;

Yuridik va jismoniy shaxslarning depozitlari bo‘yicha me’yorlari birxillashtirilmoqda;

yuridik shaxslarning milliy valyutadagi depozitlari uchun majburiy rezervlar me’yorlari pasaytirilmoqda;

Chet el valyutasidagi depozitlar bo‘yicha majburiy rezervlar uchun nisbatan yuqori me’yorlar kiritilmoqda.

Yangi tartib bo‘yicha, yuridik va jismoniy shaxslarning muddati 1 yildan 2 yilgacha bo‘lgan depozitlari miqdori milliy valyutada saqlangan holda 2 foiz bo‘lishi, xorijiy valyutada saqlangan holda 7 foiz bo‘lishi talab qilinadi.

Yuridik va jismoniy shaxslarning muddati bir yilgacha bo‘lgan depozitlari miqdori, milliy valyutada saqlangan holda 4 foiz, xorijiy valyutada saqlangan holda 14 foiz bo‘lishi talab qilinadi.

Ushbu o‘zgartirishlardan quyidagi natijalar kutilmoqda:

Milliy valyutadagi depozitlar bo‘yicha foiz stavkalarining jozibadorligini oshirish;

Iqtisodiyotdagi “dollarlashuv” darajasini kamaytirish;

Bank tizimidagi likvidlikni tartibga solishda bozor mexanizmlarining samaradorligini oshishi.

Shu bilan birga, iqtisodiyotdagi inflyatsiyaning prognoz darajasi va foiz stavkalari dinamikasidan kelib chiqib, kelgusida pul-kredit siyosati ta’sirchanligini oshirish maqsadida uning  instrumentlariga Markaziy bank tomonidan tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritib boriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2018, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 70) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют