» » Surxondaryoda Nexia’ning traktor tirkamasiga urilishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Surxondaryoda Nexia’ning traktor tirkamasiga urilishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi


Surxondaryo viloyatining Angor tumanida Nexia avtomashinasi va traktor ishtirokidagi YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, deb yozadi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.

19-avgust kuni Termiz shahrida yashovchi I.Q. Nexia rusumli avtomashinasini Oxunboboyev mahallasidan o‘tuvchi 4R-102-yo‘lining 31-kilometrida haydab ketayotib boshqaruvni yo‘qotib, qarshisidan kelayotgan R.J. boshqaruvidagi “MTZ-952” rusumli traktor yo‘liga chiqib ketishi natijasida traktorning ikkinchi tirkamasiga borib urilgan.

Natijada Nexia avtomashinasining haydovchisi I.Q. va yo‘lovchisi olgan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2018, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 101) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют