» » “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida qiymati 171,5 million dollar bo‘lgan 71 ta loyiha amalga oshirilmoqda

“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida qiymati 171,5 million dollar bo‘lgan 71 ta loyiha amalga oshirilmoqda


“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida qiymati 171,5 million dollar bo‘lgan 71 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Mazkur 71 ta loyiha 63 investor tomonidan taqdim etilgan. Investorlarning 59 tasiga ishtirokchi guvohnomasi berildi, qolgan 4 ta loyiha yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.

“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi uchun 709 gektar yer maydoni ajratilib, hududda ko‘plab istiqbolli loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Yangi investitsiya loyihalari natijasida 3,1 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqariladi va 139,1 million dollarlik mahsulot eksport qilinadi. Asosiysi, bu yerda 6 mingga yaqin ish o‘rni yaratiladi.

Erkin iqtisodiy zonada 6 ta kimyo va neft, 14 ta qurilish materiallari, 4 ta qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, 12 ta yengil sanoat, 7 ta charm poyabzal, 3 ta elektrotexnika, 4 ta farmatsevtika, 3 ta mashinasozlik va avtomobilsozlik, 3 ta qog‘ozni qayta ishlash va mebelsozlik yo‘nalishlarida zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etilmoqda.

Ayni paytda qiymati 7,2 million dollar bo‘lgan 4 ta loyiha – “Shaffof metan sanoati” MChJda yuqori bosimli metan gaz ballonlari, “Admiral grupp” MChJda un va un mahsulotlari, “Kamtar begoyim” MChJda poyabzal hamda sun’iy mo‘yna mahsulotlari ishlab chiqarish boshlandi.

Qiymati 32,2 million dollar bo‘lgan 21 ta loyihani joriy yilning so‘ngiga qadar, qiymati 125,1 million dollar bo‘lgan 40 ta loyihani esa 2019–2020-yillarda amalga oshirish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2018, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют