» » O‘zbekiston va Rossiya onkologiya ilmiy markazlari o‘zaro memorandum imzoladi

O‘zbekiston va Rossiya onkologiya ilmiy markazlari o‘zaro memorandum imzoladi


Toshkentda O‘zbekiston onkologiya ilmiy markazi va Bloxin nomidagi Rossiya onkologiya ilmiy markazi o‘rtasida hamkorlikni kengaytirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tadbirda Rossiya onkologiya ilmiy markazi va O‘zbekiston onkologiya ilmiy markazi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Uning doirasida onkologik kasalliklar bilan kurashish bo‘yicha ilmiy, amaliy va uslubiy hamkorlikni kengaytirish, mutaxassislarning malakasini oshirish, ilm-fan yutuqlarini ommalashtirish, tibbiy xizmatni rivojlantirish bo‘yicha qator tadbirlar rejalashtirilgan.

“Ilmiy-amaliy aloqalarni yanada kengaytirish, zamonaviy texnologiyalar yuzasidan tajriba almashish, kadrlar tayyorlash va tibbiy ta’limni takomillashtirishga doir qator loyihalarni rejalashtirganmiz”, — dedi Bloxin nomidagi Rossiya onkologiya ilmiy markazi direktori, akademik Mixail Davidov.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-02-2017, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют