» » Yengilmas Shohjahon Ergashev 14-jangida nokaut bilan g‘alaba qozondi (video)

Yengilmas Shohjahon Ergashev 14-jangida nokaut bilan g‘alaba qozondi (video)


O‘zbekistonlik professional yengilmas bokschi Shohjahon Ergashev faoliyatidagi 14-jangini 19-avgust kuni Moskva shahrida o‘tkazishi haqida avvalroq xabar berilgandi.

Ergashev bu safar ugandalik Juma Vasvaga qarshi ringga ko‘tarildi. Ushbu jangda Shohjahon o‘zining WBA International kamarini himoya qildi. Jangning to‘rtinchi raundida Ergashevning kuchli zarbalaridan so‘ng referi bahsni to‘xtatishdan o‘zga chora topa olmadi. Shu tariqa, o‘zbekistonlik bokschi nokaut evaziga jangni muddatidan oldin tugatdi.

Ma’lumot uchun, Shohjahon Ergashev professional ringda 14 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Janglarning 13 tasida esa u raqiblarini muddatidan avval nokaut va texnik nokaut evaziga mag‘lub etgan.

Vasva ham professional boksda 14 ta jang o‘tkazib, ularning 10 tasida g‘alaba qozongan (4 ta nokaut). Uchta jangda mag‘lub bo‘lgan. Bitta to‘qnashuvda durang natija qayd etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2018, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют