» » O‘zbekistonda iyul oyida davlat chegarasini buzgan 67 kishi qo‘lga olingan

O‘zbekistonda iyul oyida davlat chegarasini buzgan 67 kishi qo‘lga olingan


O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qo‘shinlari iyul oyida davlat chegarasini buzgan 67 kishini, 173 ming dollar miqdoridagi xorijiy valyutani hamda noqonuniy olib kirilayotgan 1,6 milliard so‘mlik tovar-moddiy boyliklarni ushlab qoldi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Qirg‘iziston bilan chegarada chegarani buzgan 21 kishi, Qozog‘iston bilan chegarada — 28, Tojikiston bilan chegarada — 12, Turkmaniston bilan chegarada — 6 kishi qo‘lga olindi. Afg‘oniston bilan chegarada iyul oyida chegarani buzish holatlari qayd etilmadi.

Ushlab qolingan tovar-moddiy boyliklarning barchasi O‘zbekistonning Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston bilan chegarasiga to‘g‘ri keladi. Chet eldan asosan, uyali telefonlar, maishiy texnika, ayollar kosmetikasi va tamaki mahsulotlarini noqonuniy olib o‘tishga urinishgan.

Chegarani buzish holatlari bo‘yicha dastlabki tergovlar olib borilmoqda, ularning natijasiga ko‘ra qonunbuzarlarga nisbatan O‘zbekiston qonunchiligi doirasida choralar ko‘riladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2018, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют