» » Rasman: Hukumat korteji ishtirokidagi YTHda olti kishi jarohat oldi. Alisher Sultonovda — chanoq kosachasi yopiq sinishi

Rasman: Hukumat korteji ishtirokidagi YTHda olti kishi jarohat oldi. Alisher Sultonovda — chanoq kosachasi yopiq sinishi


O‘zbekiston Bosh prokuraturasi hamda Ichki ishlar vazirligi hukumat vakillari ketayotgan kortejning YTHga uchrashi yuzasidan rasmiy bayonotlar bilan chiqdi. Ikki bayonotda ham YTH tafsilotlari keltirildi.

Bayonotlarda aytilishicha, 20-avgust kuni soat 9:30 larda “Qorasuv-Bo‘ka-Bekobod”­­ avtomobil yo‘lining 92-kilometrida Sayidov Baxtiyor Abdujalilovich boshqaruvidagi, davlat raqam belgisi 10 U 945 LA bo‘lgan Damas’ni ishonchnoma orqali boshqarib, Zafar qo‘rg‘oni tomonidan Bekobod shahar tomonga harakatlanib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketib, haydovchi Tolipov Rustam boshqaruvidagi, davlat raqam belgisi 01 215 AVA bo‘lgan Mersedes-Benz xizmat avtomashinasining chap yon tomon o‘rta qismiga urilib, YTH sodir etgan.

Tibbiyot ma’lumotnomasiga ko‘ra, YTH oqibatida Mercedes-Benz salonida bo‘lgan O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovda tibbiy muolaja talab etilmaydigan yengil shikast, uning o‘rinbosari Alisher Sultonovda chap son suyagi chiqishi, chanoq kosachasi yopiq sinishi, ko‘krak qafasi 7-10 qovurg‘alari yopiq sinishi, bosh tepa sohasi lat yeyishi, Prezident devoni mas’ul xodimi U. Qurbonovda o‘ng qo‘l bilak suyagi yopiq sinishi kabi tan jarohatlar, haydovchi R. Tolipovda bosh tepa sohasi hamda o‘ng yelka, o‘ng bilak ochiq bo‘g‘imi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi kabi jarohatlar aniqlangan.

Shuningdek, yo‘l transport hodisasi oqibatida Damas avtomashinasi haydovchisi B. Saidovda peshona sohasi lat yeyishi, yo‘lovchi A.Meliboyevda o‘ng o‘mrov suyagini yopiq sinishi kabi jarohatlar aniqlangan.

A. Sultonov, U. Qurbonov, B. Saidov, A. Meliboyevlar shifoxonaga joylashtirilib, ularga zaruriy tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda. R. Tolipovga tegishli tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

YTH yuzasidan Bosh prokuratura va IIV tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2018, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют