» » Nigeriya harbiylari va “Boko Haram” jangarilari to‘qnashuvi natijasida 11 kishi halok bo‘ldi

Nigeriya harbiylari va “Boko Haram” jangarilari to‘qnashuvi natijasida 11 kishi halok bo‘ldi


Nigeriya hukumati harbiylari va “Boko Haram” terrorchilik tashkiloti jangarilari o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuv oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Otishma 17-fevral kuni Nigeriya shimoli-sharqidagi Mayduguri shahri chekkasida sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv uch xudkush-terrorchi ayol yuk mashinalari uchun mo‘ljallangan to‘xtash joyi yaqinida portlovchi moslamani ishga tushirishi bilan boshlangan. Portlash natijasida ikki fuqaro halok bo‘lgan.

Voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari stansiyani qurshab olgan. Shundan so‘ng politsiyachilarga terrorchilar mototsiklda hujum qila boshlagan.

Otishma natijasida olti nafar jangari halok bo‘lgani aytilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-02-2017, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют