» » APL. “Liverpul” safarda “Kristal Pelas”ni mag‘lub etdi, Manedan fantastik gol (video)

APL. “Liverpul” safarda “Kristal Pelas”ni mag‘lub etdi, Manedan fantastik gol (video)


20-avgust sanasida Angliya premyer-ligasi 2-turidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda “Kristal Pelas” jamaosi o‘z maydonida “Liverpul”ni qabul qildi.

Uchrashuvda hisob 45-daqiqada ochildi. Jeyms Milner Muhammad Saloh ishlagan penaltini golga aylantirib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi gol esa 90-daqiqada Sadio Mane tomonidan kiritildi. Mane Salohning uzatmasidan so‘ng maydonning teng yarmini bir o‘zi bosib o‘tib, darvozabonni aldab gol urdi va jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

Shu tariqa Klopp shogirdlari ketma-ket ikkinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Angliya premyer-ligasi

2-tur bellashuvlari

20-avgust, dushanba

Gollar: 0:1—45, penalti Milner, 0:2—90 Mane.

“Kristal Pelas”: Xennessi, Uan-Bissaka, Tomkins, Sako, van Anxolt, Taunsend (Uord, 79), Milivoyevich, Makartur, Shlupp (Mayer, 83), Benteke (Serlot, 70), Zaa.

“Liverpul”: Alisson, Aleksander-Arnold, Gomes, van Deyk, Robertson, Milner (Xenderson, 67), Veynaldum, Keyta (Lallana, 87), Saloh, Firmino (Starrij, 90), Mane.

Ogohlantirishlar: van Anxolt (42), Aleksander-Arnold (52).

Chetlatish: Uan-Bissaka (75).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2018, 06:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют