» » La Liga. Hisobda oldinda borgan “Atletiko Madrid” “Valensiya”ni yuta olmadi

La Liga. Hisobda oldinda borgan “Atletiko Madrid” “Valensiya”ni yuta olmadi


20-avgust sanasida Ispaniya La Ligasining 1-turi doirasida so‘nggi ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, “Valensiya” o‘z maydonida Madridning “Atletiko” jamoasi bilan kurash olib bordi. O‘yinda hisobni 26-daqiqada “matraschilar” hujumchisi Anxel Korrea ochdi. 56-daqiqada esa “ko‘rshapalaklar” hujumchisi Rodrigo hisobni tenglashtirdi.

1:1 hisobi esa o‘yin so‘ngiga qadar o‘zgarmay qoldi.

Ikkinchi uchrashuvda Bilbaoning “Atletik” jamoasi “Leganes” o‘z maydonida qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi.

La Liga

1-tur bellashuvlari

20-avgust, dushanba

Gollar: 0:1 – 26 Korrea, 1:1 – 56 Rodrigo.

“Valensiya”: Neto, Garay (Diakabi, 67), Gayya, Pichchini, Gabriel, Solyer (Batshuayi, 76), Parexo, Kondogbia, Vass, Rodrigo, Santi Mina (Gameyro, 67)

“Atletiko”: Oblak, Savich, Filipe Luis, Xuanfran, Godin, Koke, Saul, Lemar (Vitolo, 63), Korrea (Parti, 81), Grizmann (Jelson Martinsh, 72), Diyego Kosta.

Ogohlantirishlar: Savich (13), Garay (45), Xuanfran (52), Filipe Luis (63), Rodrigo (70).

Gollar: 1:0 – 27 Nolaskoayn, 1:1 – 33 Silva, 2:1 – 90 Muniain.

“Atletik”: Mendibil, De Markos (Kapa, 65), Yeray Alvares, Nolaskoayn, Berchiche, Lopes (Raul Garsiya, 76), Dani Garsiya, Muniain, Susayeta, Aduris (Kordoba, 70), Inyaki Uilyams.

“Leganes”: Kuelyar, Xuanfran, Munos, Siovas, Raul Garsiya, El-Jar (Oxeda, 65), Peres, Gumbau, Silva, Eraso (Santos, 58), Karrilyo (En-Nesiri, 85).

Ogohlantirishlar: Yeray Alvares (17), Raul Garsiya (41), Berchiche (53), Karrilo (55), Gumbau (76), Raul Garsiya (78), Silva (81), Santos (88), Muniain (90).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2018, 06:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют