» » Chernogoriyada qozog‘istonlik erkak uch kishini suvdan qutqarib olib, o‘zi cho‘kib ketdi

Chernogoriyada qozog‘istonlik erkak uch kishini suvdan qutqarib olib, o‘zi cho‘kib ketdi


Chernogoriyada qozog‘istonlik erkak uch kishini suvdan qutqarib olib, o‘zi cho‘kib ketdi, deya xabar bermoqda “Nur.kz”. Petropavlovskda yashovchi Tanat Smagulovning rafiqasi va besh yashar qizi bor edi. U Chernogoriyaga do‘stlari bilan dam olishga ketib, qaytib kelmadi.

Tanatning qarindoshi so‘zlariga ko‘ra, erkak ikki ayolni qutqargan. Uchinchi odam — yosh bolani qutqarib olishni u qiyinchilik bilan uddalagan. Erkakning nafasi qayta boshlagan, ammo bu uni to‘xtatib qolmagan.

Bola qirg‘oqqa chiqib olgach, Tanat suvda qolgan to‘rtinchi odamni ham qutqarish uchun suzib ketgan, biroq bu safar uning o‘ziga yordam kerak bo‘lib qolgan.

Erkak suv ostiga g‘arq bo‘lganidan 5—10 daqiqa o‘tib, shifokorlar yetib kelgan, ammo uni hayotga qaytara olishmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2018, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют