» » Yunon-rum kurashi. Bahromov yarim finalda, Tasmuradov esa eronlik raqibiga yutqazib qo‘ydi

Yunon-rum kurashi. Bahromov yarim finalda, Tasmuradov esa eronlik raqibiga yutqazib qo‘ydi


Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarining uchinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar yunon-rum kurashi bo‘yicha ham bahslarga kirishgani haqida xabar berilgandi.

-60 kg vaznda gilamga chiqqan Islombek Bahromov nimchorak finalda Xitoy taypeyilik raqibini 10:0 hisobida mag‘lub etib, chorak finalga chiqqandi.

Bahromov chorak finalda hindistonlik raqibini 5:0 hisobida mag‘lub etdi va yarim finalga yo‘l oldi, deb xabar beradi “Daryo” muxbiri.

-67 kg vaznda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Yelmurat Tasmuradov turkmanistonlik raqibini 9:0 hisobida mag‘lub etib, chorak finalga chiqqan edi. Yelmurat yarim final yo‘llanmasi uchun eronlik kurashchiga qarshi gilamga chiqib, 8:9 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2018, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют