» » Tashqi ishlar vaziri Turkmaniston elchisini qabul qildi

Tashqi ishlar vaziri Turkmaniston elchisini qabul qildi


2018-yil 20-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkmaniston favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Yazguli Mammedovni qabul qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va uni yanada rivojlantirishning istiqbollari to‘g‘risida fikr almashildi.

Oliy darajadagi muntazam O‘zbekiston–Turkmaniston uchrashuvlari chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda ta’kidlanganidek, O‘zbekiston va Turkmanistonda o‘zaro savdo aylanmasini oshirish va uning nomenklaturasini kengaytirishga muhim ahamiyat beriladi. Shu nuqtayi nazardan ikki tomonlama hamkorlik institutlarining navbatdagi majlislarini o‘tkazishning jadvali va kun tartibi muhokama qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2018, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют