» » DXX O‘zbekistonning Qirg‘iziston bilan chegarasida navbatlar hosil bo‘layotgani haqidagi xabarlarni rad etdi

DXX O‘zbekistonning Qirg‘iziston bilan chegarasida navbatlar hosil bo‘layotgani haqidagi xabarlarni rad etdi


Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari “Ozodlik” radiosi saytining O‘zbekistonning Qirg‘iziston bilan chegarasida navbatlar hosil bo‘layotgani haqidagi xabarni rad etdi. Bu haqda “Gazeta.uz” ma’lum qildi.

Radio xabarida qayd etilishicha, O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatini Qirg‘izistonning Botken viloyati bilan bog‘lab turuvchi “Vodil” o‘tkazish punktini kesib o‘tish 11 soat vaqt olmoqda.

DXX Chegara qo‘shinlari vakili mazkur punkt to‘xtalishlarsiz ishlayotgani (o‘tkazish qobiliyati sutkasiga 8000 kishidan ortiq bo‘lib, kuniga 6000?6500 kishi kesib o‘tmoqda) va navbatlar kuzatilmayotganini ma’lum qildi.

— Nazoratchilar ish o‘rni 8 dan 12 kishiga oshirilgan bo‘lib, ayni vaqtda O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegaralarini kesib o‘tish 10?15 daqiqani olmoqda. “Ozodlik” e’lon qilgan navbat tasvirlangan foto istalgan joyda olingan bo‘lishi mumkin, ammo “Vodil”da emas, — deya ta’kidladi Chegara qo‘shinlari vakili.

Hozirda ikki davlat o‘tkazish punktlarida qurilish ishlari olib borilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolarining chegaralarni qulay kesib o‘tishi uchun sharoit yaratishdan iborat. Ushbu ishlar ham har ikki tomon o‘tkazish punktlari o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2018, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют